O‘zbekiston etnologiyasining nazariy-uslubiy muammolariga bag‘ishlangan anjuman

O‘zR FA Tarix instituti tomonidan “Akademik Karim Shoniyozov o‘qishlari” turkumida “O‘zbekiston etnologiyasining dolzarb muammolari” mavzusida VIII respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Unda soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchilar, shuningdek, Toshkent davlat O’zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Anjuman doirasida arxeogenetika va Markaziy Osiyo qadimgi aholisining shakllanishi, Markaziy Osiyo antropogenez jarayoni, tarixiy, ijtimoiy-madaniy va multigenetik aloqalar, etnologiya va lingvistika kabi masalalarga bag’ishlangan mavzularda  ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

Anjuman yakunida etnologiya fani istiqboli, o‘zbek xalqining tarixiy merosi, milliy mafkurani shakllantirish bilan birga kelgusida ushbu sohada ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilab  olindi.

Ushbu ilmiy anjuman fan va ta’lim integratsiyasini ta’minlash  asosida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan hamkorlikni kuchaytirish va ularni ilmga qiziqtirishga xizmat qiladi.

26-12-2019

Обсуждение закрыто.