“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institusional tizimini tubdan takomillashtirish” mavzusida soha mutaxassislari bilan uchrashuv

22-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.09.2019 yildagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institusional tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5817-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Toshkent shahar Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i S.Sadikov Iste’molchilar huquqlarini davlat tomonidan himoya qilinishi hamda iste’molchining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining asosiy vazifalari bilan tanishtirdi.

22-01-2020

Обсуждение закрыто.